Putinga rossiyaliklarning necha foizi ishonishi ma’lum bo‘ldi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v shestom Kaspiyskom sammite
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v shestom Kaspiyskom sammite - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi prezidentga ishonadi, 13 foizi ishonmaydi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rossiyaliklarning 78 foizi ishonadi.
Tadqiqotga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi prezidentga ishonadi, 13 foizi ishonmaydi. Respondentlarning yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.
Respondentlarning 79 foiziga ko‘ra, Putin o‘z lavozimida “ancha yaxshi” ishlaydi, so‘rov ishtirokchilarining 12 foizi esa prezident “anchagina yomon” ishlaydi, deb hisoblaydi. Respondentlarning yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.
“FOMnibus” so‘rovi 31-iyul kuni Rossiyaning 53 ta viloyatining 104 ta aholi punktida 18 va undan katta yoshdagi 1,5 ming respondent o‘rtasida yashash joyi bo‘yicha suhbatlar usulida o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0