Rossiya va O‘zbekiston yangi logistika zanjirlarini qurmoqda

© Sovet Federatsii RFVstrecha Valentini Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha Valentini Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yirik logistika operatorlari O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochmoqda: "RJD-logistika", "KIT" kompaniyasi va boshqalar shular jumlasidan.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro tovar yetkazib berishning yangi zanjirlarini qurish ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi chaqiriqlar va ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish bilan bog‘liq.
“O‘zaro yetkazib berish va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar doirasida yangi logistika zanjirlarini qurish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda”, dedi Kaminin.
Savdo missiyasi vakilining ta’kidlashicha, ayni paytda Rossiyaning bir qator yirik logistika operatorlari respublikada o‘z vakolatxonalari va markazlarini ochmoqda. Masalan, KIT kompaniyasi buni amalga oshirdi. Bu Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha guruhli yuklarni yetkazib berishni yanada qulayroq qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kichik va o‘rta biznes uchun tovar ayirboshlashga yaxshi vosita. Kaminin “Agroekspress” loyihasi rivojlanishda davom etayotganini eslatdi. U Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi homiyligida “RJD-Logistika” bilan birgalikda ishga tushirilgan.
Ushbu loyiha yuklarning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya hududi orqali o‘tishini tezlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston bozorida xaridorgir bo‘lgan muhim mahsulotlar – o‘simlik yog‘i, qandolatchilik mahsulotlari bilan ortga qaytish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, yanvar-iyun oylarida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2021-yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshib, 4,065 milliard dollarni tashkil etgan. (O‘zbekiston umumiy tashqi savdosining 16,6 foizi).
Jumladan, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasiga eksporti hajmi 1,45 barobarga oshib, 1,22 milliard dollarga (umumiy eksport hajmining 12,3 foizi), import hajmi 2 milliard 845 million dollarga (umumiy importning 19,5 foizi) yetgan.
Yangiliklar lentasi
0