Toshkentda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri konsert beradi

© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Minkulte UzbekistanaVladimir Spivakov i Natsionalniy filarmonicheskiy orkestr Rossii na ploshadi Registan v Samarkande
Vladimir Spivakov i Natsionalniy filarmonicheskiy orkestr Rossii na ploshadi Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Konsert Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Usmonov xayriya jamg‘armasi ko‘magida sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentda 8-sentabr kuni dirijor Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Tadbirda Genrik Ibsenning “Per Gunt” dramasi musiqasidagi mashhur suita va Norvegiya mumtoz san’at arbobi Edvard Grigning lya minor orkestri fortepiano konserti ijro etiladi.
Shuningdek, Potr Chaykovskiy, Antonin Dvorjak, Jakomo Puchchini va Franchesko Chilea operalaridan parchalar ham ijro etilishi rejalashtirilgan.
Yakkaxon ijrochilar Vladimir Spivakov va uning jamoasining konsert va sayyor chiqishlarida bir necha bor ishtirok etgan pianinochi Ivan Bessonov va soprano Yekaterina Petrova bo‘ladi.
Tadbir “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" Xayriya Jamg‘armasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya milliy filarmoniyasi orkestrining konserti 23-may kuni Toshkentda va 25-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgandi.
Yangiliklar lentasi
0