“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda

© unsplash.com/Mike EnerioJeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xitoy loyiha institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg‘izistonga yetib keldi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston yozmoqda.
Bir kun avval Qirg‘iziston Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temir yo‘l qurilish korporatsiyasining Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar temir yo‘l qurilishida ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
“Temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv allaqachon mavjud”, deyiladi vazirlik xabarida.
Xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirish tarafdori va imkon qadar tezroq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma sentabr oyida ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan. Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak. Loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni muhim tranzit yo‘liga aylantiradi.
Yangiliklar lentasi
0