Nogironlar ham etnosport bilan shug‘ullanishlari mumkin

© MinTurizmaSeminar po turizmu v otele International v Tashkente
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
etnosport turlari milliy ensiklopediya yaratilgani, unga 76 ta etnos xalq o‘yinlari kiritilgani haqida so‘zlab o‘tdi.
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash" nomli xalqaro konferensiya hamda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi seminarda qiziqarli mulohazalar taqdim etildi.
© SputnikV Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
V Tashkente proveli seminar na temu Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
V Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
“Bugungi kunda “ekoturizm” tushunchasi keng ommalashib bormoqda. Biz maktabdanoq bolalarga bu borada darslar o‘tilishini ilgari surmoqdamiz. Ekoturizm orqali kelgan mablag‘lar mamlakatning foydali merosi sanaladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 7000 mingga yaqin madaniy meros obidalari va turizm markazlari xizmat ko‘rsatib kelyapti. Ularning faoliyati bevosita nazorat qilinib, faoliyati rivojlantirilmoqda”, dedi Turizm va madaniya meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev.
O‘zbek milliy harakatli o‘yinlari arg‘imchoq, arqon tortish, qubba, oq suyak, mindi, besh tosh, cho‘pon, qarab tep, otib qochar, oshiq, yong‘oq, oqterakmi ko‘kterak, bo‘ron kabilarni tiklash va rivojlantirish yo‘lida katta harakatlar olib borilyapti. Ularni hatto zamonaviy sport turlariga qiyoslash mumkin. Masalan bo‘ron – rugby (regbi), otib qochar – baseball (beysbol), cho‘pon – chim ustidagi hokkey, chillak – golf o‘yinlarining shakli-shamoyiliga juda o‘xshaydi”, dedi “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi, pedagogika fanlari doktori, professor Tal’at Usmonxo‘jayev.
© SputnikV Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
V Tashkente proveli seminar na temu Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
V Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
Shuningdek, professor 2023-yildan boshlab an’anaviy tarzda Toshkentda har yili etnosport turlari bo‘yicha respublika festivali va ikki yilda bir marotaba Xiva shahrida xalqaro etnosport festivali tashkil etilishini quvonch bilan ta’kidlab o‘tdi.
“O‘yinlar har doim bolalarda katta qiziqish va zavq uyg‘otadi. Internet rivojlanib, uning salbiy ta’siri bo‘layotgan bir davrda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod bolalarini milliy xalq o‘yinlari ruhida tarbiyalash, kichkinaligidan boshlab, bog‘cha va maktab davridan etnosportga muhabbatni uyg‘otish lozim. Buning uchun bizga tajribali mutaxassis kadrlar kerak bo‘ladi”, dedi Usmonxo‘jayev.
Etnoturizm sohasi etnosport orqali rivojlanadi. Milliy lanka o‘yinini Xitoy va boshqa davlatlar bilan “talashdik”. Men uni buyuk mutafakkir ibn Sino asarlaridan topdim. Kitobda shunday yozilgandi: “O‘z soyasi bilan o‘ynaydigan o‘yin bu badantarbiyaga kiradi”, dedi Etnosport milliy assotsiatsiyasi vitse prezidenti, “Polvonlar milliy markazi” raisi Norquli Yusupov.
Mutaxassis etnosport turlari milliy ensiklopediya yaratilgani, unga 76 ta etnos xalq o‘yinlari kiritilgani haqida so‘zlab o‘tdi.
Shuningdek, mutaxassisning ta’kidlashicha, etnosport turlariga kiritilayotgan o‘yinlar ichida nogironlar uchun ham yo‘nalishlar bor. Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar bemalol bu sport bilan shug‘ullanib, o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0