Toshkentning qaysi tumanida eng ko‘p aholi istiqomat qiladi

© Sputnik / StringerVid na telebashnyu v Tashkente
Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
Yil boshidan beri Toshkent shahri aholisi 47,1 ming kishiga ko‘paygan.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda doimiy aholi soni 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 2 million 909 ming 500 kishini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, yil boshidan aholi soni 47,1 ming kishiga yoki 1,6 foizga ko‘paydi. Shundan, erkaklar soni - 1 426 400, ayollar soni - 1 483 100 kishi.
Shahar tumanlari kesimida 2022-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi Olmazor tumanida bo‘lib, 390 ming kishini tashkil etdi.
Qolgan tumanlar kesimida ko‘rsatkich quyidagicha:
Yunusobod tumani – 363 ming kishi;
Shayxontohur tumani – 357 ming 400 kishi;
Mirzo Ulug‘bek tumani – 318 ming kishi;
Uchtepa tumani – 289 ming 600 kishi;
Yashnobod tumani – 283 ming 300 kishi;
Chilonzor tumani – 269 ming 500 kishi;
Yangihayot tumani – 156 ming 700 kishi;
Sergeli tumani – 154 ming 100 kishi;
Mirobod tumani – 147 ming 800 kishi;
Yakkasaroy tumani – 125 ming 500 kishi;
Bektemir tumani – 54 ming kishi.
Yangiliklar lentasi
0