Eldor Shomurodov “Bolonya”ga o‘tish arafasida – manba

© AFP 2023 / GENT SHKULLAKUUzbekskiy napadayushiy "Romi" Eldor Shomurodov vo vremya finalnogo futbolnogo matcha Ligi Yevropi UYeFA mejdu "Romoy" i "Feyenoordom" na stadione "Eyr Albaniya" v Tirane 25-maya 2022 goda.
Uzbekskiy napadayushiy Romi Eldor Shomurodov vo vremya finalnogo futbolnogo matcha Ligi Yevropi UYeFA mejdu Romoy i Feyenoordom na stadione Eyr Albaniya v Tirane 25-maya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Italiyalik jurnalist o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini “Bolonya” safida davom ettirishi kutilayotganini xabar qildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Bolonya” safida davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.
Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi “Bolonya” bilan kelishuvga erishgan. U “qizil-ko‘klar” safiga sotib olish sharti bilan ijara asosida o‘tadi.
Shomurodov "Bolonya" bilan 2027-yilgacha shartnoma imzolashi va shartnoma summasi taxminan 9-10 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Agar shartnoma imzolansa, u 1+4 ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni futbolchi “Bolonya” tarkibida ma’lum miqdordagi gollarni kiritsa, bitim avtomatik tarzda yana 4-yilga uzaytiriladi.
Eldor Shomurodov 2021-yilning yozgi transferda 18 million yevro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tgandi. O‘zbekistonlik hujumchi “bo‘rilar” safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mavzuga oid:

“Torino” Eldor Shomurodov uchun asosiy da’vogar – OAV
Eldor Shomurodovga yana ikkita klub qiziqish bildirmoqda
Shomurodov boshqa klubga o‘tish arafasida – futbolchining agenti
Yangiliklar lentasi
0