Jizzaxdagi YTH besh kishining umriga zomin bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Forish tumanida "Isuzu" yuk mashinasi va "Nexia-2"ga to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Jizzax viloyatining Forish tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida xabar qilindi.
YTH 5-avgust kuni soat 07:00 lar atrofida Forish tumani hududidan o‘tgan 4R-36 Jizzax-Forish-Qizilcha avtomobil yo‘lining 46-kilometrida ro‘y bergan. Jizzax–Forish yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi (1976 yilda tug‘ilgan) uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Buning oqibatida “Nexia-2”ni urib yuborgan.
Natijada “Nexia-2” haydovchisi va uning 4 nafar yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0