O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi

© SputnikAbituriyent podayet dokumenti v NIYaU "MIFI"
Abituriyent podayet dokumenti v NIYaU MIFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
10 avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborganlar o‘z arizalairni qayta tahrirlashlari mumkin.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonda o‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.
“Shuni inobatga olib, 10-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0