Pink Floyd asoschisi Baydenni harbiy jinoyatchi deb atadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden vo vremya vistupleniya v Belom dome po situatsii na Ukraine
Prezident SShA Djo Bayden vo vremya vistupleniya v Belom dome po situatsii na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Rojer Uoters “nega AQSh Zelenskiyni mojaroni to‘xtatish uchun Moskva bilan muzokara boshlashga chaqirmaydi” degan savol bilan yuzlangan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina mojarosi oloviga moy sepishda davom etmoqda. Bu haqda britaniyalik musiqachi, Pink Floyd asoschilaridan biri Rojer Uoters CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu og‘ir jinoyat. Nega Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni bu dahshatli mojaroni bas qilish uchun Moskva bilan muzokaralar boshlashga chaqirmaydi”, - deya savol bilan yuzlandi u.
Qolaversa, uning fikricha, aynan NATO inqirozning asosiy sababchisi bo‘lgan.
“Har qanday urush biror bir narsadan boshlanadi. Bu 2008-yilda boshlandi (NATO sammitida ilk bor Ukraina va Gruziyaning alyansga a’zoligi mavzusi ko‘tarilgandi – tahr.). Rossiya maxsus operatsiyasi blokning Rossiyaga chegaralariga zich yaqinlashib kelishiga javob bo‘ldi”, - dedi Uoters.
U boshlovchiga ko‘proq o‘qishni tavsiya berdi va agar Xitoy Meksika va Kanadada yadroviy raketalarini joylashtirgan taqdirda, Vashington qanday munosabat bildirgan bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rishni taklif qildi. Boshlovchi hozir Xitoy Tayvanni o‘rab olib bilan band ekanini ma’lum qildi. Uotersga esa unga Tayvan Xitoyning bir qismi ekanini eslatdi. Bundan tashqari, u boshlovchining AQSh “xaloskor rolini o‘ynamoqda” degan gaplarini rad etdi.
Hozir Uoters “This Is Not A Drill” nomli turne o‘tkazmoqda. O‘z chiqishlarida u siyosiy mavularga ochiqchasiga to‘xtaladi, xususan, “harbiy jinoyatchilar” suratlarini namoyish etadi. Ular orasida Jo Bayden ham bor.
Yangiliklar lentasi
0