Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Davlat test markazi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Davlat test markazi 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlarni tasdiqladi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
hududga kirish joylari;
test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
sektor raqami;
test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar.
joylarning Google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar haqidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi. Test sinovlari ikki smenada o‘tadi: 1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar; 2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0