Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Kirish test sinovlari 22-avgust kuni bir smenada o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasini ma’lum qildi.
"Kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni DTM tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi", - deyiladi vazirligi xabarida.
Test sinovlari soat 8:00 da boshlanadi.
Xabarda test sinovlarini o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangani xabar qilingan edi. Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada davom etadi. Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Yangiliklar lentasi
0