Bitta suratdan so‘ng amerikaliklarning Zelenskiyga munosabati o‘zgardi

© ofitsialniy Telegram-kanal Vladimira ZelenskogoPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i amerikanskaya aktrisa Djessika Chesteyn vo vremya vstrechi
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i amerikanskaya aktrisa Djessika Chesteyn vo vremya vstrechi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Uning mashhur odamlar bilan uchrashishdan ham muhimroq ishlari yo‘qmi, deydi “New York Post” gazetasi o‘quvchisi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Amerikaning “New York Post” gazetasi o‘quvchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va amerikalik aktrisa Jessika Chesteynning 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuviga salbiy munosabat bildirdi. RIA Novosti nashr o‘quvchilarining ba’zi iqtiboslaridan misol keltirdi.
Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida Gollivud yulduzi bilan birga tushgan suratini e’lon qilgandi.
“Zelenskiy qurol-yarog‘ va odam savdosi, pul yuvish bilan shug‘ullansa-da, uning butun dunyoga mashhur odamlar bilan uchrashishga hali ham vaqti bor...”, - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Yana ayting-chi, nega urush zonasidagi Zelenskiy aktrisalarning ko‘nglini olish bilan band, axir biz unga milliardlab dollar soliqlarni unga yuborapmiz?” - deb so‘radi boshqa sharhlovchi.
“Men tomonlarni almashtirapman. Rossiyaga nisbatan barcha sanksiyalarni olib tashlang va Ukrainani muzokara stoliga o‘tirishga majbur qiling”, - deya ta’kidladi yana bir foydalanuvchi.
“Uning mashhur odamlar bilan uchrashishdan ham muhimroq ishlari yo‘qmi?”, deya xulosa qilgan nashr o‘quvchilari.
Ukraina prezidenti o‘zining nomaqbul ko‘rinishi va davlat rahbari sifatidagi faoliyati uchun bir necha bor tanqid qilingan. Xususan, 16-iyun kuni Fransiya, Germaniya va Italiya rahbarlarining Kiyevga tashrifi chog‘ida Zelenskiy rasmiy ish kostumi o‘rniga harbiy kiyim kiygan edi.
Bundan tashqari, Zelenskiy va uning rafiqasi Elenaning “Vogue” jurnali uchun suratga tushgani ham tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘lgandi. Amerika ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu Ukrainadagi vaziyatni ahamiyatsiz holat sifatida ko‘rsatgan va Kiyevning so‘zlari hamda harakatlarining samimiyligiga shubha uyg‘otgan.
Yangiliklar lentasi
0