AQShda Zelenskiyning o‘rniga boshqa odam qidirishmoqda

© AP Photo / Ukrainian Presidential Press OfficeZelenskiy
Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Yaqinda xaki rangli futbolkadagi Kiyev rejimi rahbarini ilg‘or OAVlar dunyoviy ikona sifatida xuddi kartoshkadek hamma joyga ekib chiqqan edi.
Uni hatto ikkinchi Cherchill deb atashdi- Britaniya imperiyasi qulashiga qo‘yib bergan piyonista bilan taqqoslash faqat mustamlaka elitaning eng taniqli vakillariga navbat bilan beriladi.
Va birdan vaziyat o‘zgardi. Zelenskiyni hatto yaqinda yaxshi ko‘rganlar: amerikalik kongressmenlar, jurnalistlar, hattoki, huquq himoyachilari ham unga tanbeh berish va so‘kishni boshladilar. To‘satdan ma’lum bo‘lishicha, Ukrainadagi vaziyat yaxshi emas ekan.
So‘l elitalar "Azov"* haqida eslab qolishdi. Aytishlaricha, Ukrainada chindan ham mana shunaqa fashist-banditlar bor emish. Ularning oldida hatto Gitler ip esholmay qoladi. Bugun amerikalik va yevropalik millatchilar ham ularga qo‘shilishmoqchi. Agar ruslar ularni denatsifikatsiyalasa yaxshikuya, lekin ehtimol, kimdir qutulib qolsachi? U qaytib o‘z uyida genotsid uyushtirsa nima bo‘ladi? “Balki, ukrain natsistlarni erkin qo‘yib yuborish kerakmasdir” deb o‘zlariga savol berishmoqda so‘l intelligentlari.
MAGATE rahbari ukrain qo‘shinlari Zaporojye AES ga otishma uyushtirishgani va bundan juda xavotirda ekanini ta’kidlab o‘tibdi. Mayli, shunisiga ham rahmat. Avval u ukrainlarning dahshatli halokatlar uyushtirayotganini bilib ham, sir boy bermaslikni afzal ko‘rardi.
Afsonaviy Amnesty International ham to‘satdan borligini bildirib qo‘ydi. O‘zining shov-shuvli ma’ruzasida huquq himoyachilari Ukrainaning turar-joy binolari, maktablar, shifoxonalarda harbiy texnika joylashtirib, xalqaro huquq meyorlarini buzayotganini aytishdi
Bunga qadar g‘arblik huquq himoyachilari Zelenskiyni “Ukrainaning fuqarolik erkaklari” kamsonli guruhning huquqlari poymol qilinayotgani haqida ayblab kelishgan edi. To‘g‘ri, bu juda kulguli gap, ammo baribir. Gap shundaki, bir oy avval Ukraina bosh shtabi rahbari, general Valeriy Zalujniy zaxiradagi askarlarga o‘z yashash joyini tark etishni taqiqlovchi buyruq chiqargan edi.
Tabiiyki, bu paytda ukrainlar ommaviy tarzda chet elga qochishni boshlashdi. Ammo muammo paydo bo‘ldi. Chegarachilar ayollar va bolalarni o‘tkazib yuborishdi, biroq erkaklarga ruxsat berishmadi. Shoshilinch muhr bosilgan sertifikatlar ham, ularning tinch aholi ekanligini bildiruvchi belgilar, ozchilikni bildiruvchi belgilar ham yordam bermadi.
Ukrainaning g‘arbiy chegaralarida tom ma’noda fojialar bo‘lgan. Erkaklar azob chekkan. Taniqli Foreign Policy nashri mana shunday qochqinlardan birining qayg‘uli hikoyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘sha erkak amerikalik eri bilan Polsha chegaralariga o‘tmoqchi bo‘lgan. Eriga o‘tishga ruxsat berishgan, ammo unga yo‘q.
Zelenskiy bu va shunga o‘xshash hikoyalarda fuqarolik-ukrainlar erkaklarning huquqlarini poymol qilishda ayblangan. U signalni tushundi va darhol Zalujniy buyrug‘ini bekor qildi. Ammo bu yerda yangi bir halokat paydo bo‘ldi.
Bu safar Zelenskiyga o‘z vatandoshi Viktoriya Kulgeyko (Sparts) pand berdi. Qiziq, uning karyerasi Zelenskiynikidan yomon porlamagan edi.
Kulgeyko 1978-yilda Ukrainaning Nosovkasida tug‘ilgan. Pioner, a’lochi, maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Bir kuni Moskva-Kiyev poyezdida u bir amerikalik bilan tanishadi. 2000-yilda unga turmushga chiqadi, 2006-yilda Amerika fuqaroligiga ega bo‘ladi. Siyosatda ajoyib karyera qiladi va 2020-yilda respublikachilardan chiqib AQSh Kongressida paydo bo‘ladi. Yomon emas, shundaymi?
Bugun Kuleygo-Sparts Kiyevni Amerikaning pullarini o‘g‘irlayotganda va yetkazib berilgan qurollarni qayta sotishayotganini aytib kongressmen hamkasblarining ko‘zlarini ochmoqda. U Zelenskiydan “teatr va siyosatda o‘ynamasdan”, rostakamiga jang qilishni talab qilmoqda. Aks holda, qarang, ukrainlar kafeda o‘tirishibdi- yo‘q-yo‘q, zudlik bilan frontga, umumiy safarbarlik!
AQSh ichida Sparts “Ukrainani ikkinchi Afg‘oniston bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz” degan mavzusini rivojlantirmoqda. Respublikachilar iloji boricha buni piar qilish harakatida. Demokratlar ham tanqid qilishapti, ammo undan ko‘plab iqtiboslar ham keltirishmoqda.
Kiyevda Amerika pullarining o‘g‘irlanayotgani va g‘arb qurollarini sotib yuborayotgani g‘alati emas. G‘alatiligi shundaki, bu haqida amerikaliklar gapirishmoqda, baland ovozda gapirishmoqda. Afg‘onistonda xuddi shunday ishlar yillab emas- o‘nlab yillar davomida bo‘lgan. Va hammaga baribir edi. Afg‘oniston yetakchilari biri qo‘yib ikkinchisi saylandi, va ulardan hech kim bu pullardan o‘z hissasini olishni taqiqlagani yo‘q. Zelenskiyning bu borada omadi chopgan.
“Men Ukraina prezidenti g‘arb OAVlari ko‘rsatgandek ekanligiga ishonmayman, - deydi Sky News boshlovchisi Kori Bernardi. - G‘arb OAV lari Zelenskiy davrida etnik ruslarga nisbatan qilingan dahshatlarni yashirishmoqda... U Ukrainada fuqarolik urushini tugatishni va’da bergan edi, ammo u uddalay olmadi”. Ajablanarli, to‘g‘ri emasmi?! Nahotki, ular va nihoyat anglab yetishgan bo‘lsa.
Yo‘q, amerikalik sheriklardan bunday yuksak darajadagi ma’naviyatni kutish-bema’nilik. Global obkom shunchaki Zelenskiyning o‘rnini bosadigan odamni qidirish harakatida. Artist chindan ham uddalay olmayapti. Hozir uning ilg‘or OAVdagi rolini o‘sha general Zalujniy egallagan. Zelenskiyning u bilan shundoq ham ziddiyatlari bor edi.
“Ukraincha kurash timsoli”, “afsona”, “temir general”- Ukraina Bosh shtabi rahbari, general Valeriy Zalujniy haqida aynan shunday yozishmoqda. Ukraincha Vogue yaqindagina u bilan fotosessiya uyushtirdi. “Ukrain bolalari o‘z o‘yinlarida uning ismidan foydalanishmoqda”, deb u haqida xabar qiladi Straights Times. Va men jurnalistlar nimani nazarda tutishayotganini taxmin qilishga ham qo‘rqaman. Xullas, uni g‘arbda Ukrainaning yangi umidi sifatida ko‘rsatishmoqda. Mana, mana, aynan u ruslarni aniq mag‘lub etadi deb.
Bir paytlar Zelenskiyni yaxshi ko‘rgan g‘arblik ekspertlar hozir uning Zalujniy masalasi bo‘yicha rashkini masxara qilib gapirishmoqda. Ammo hazil bu yerda nozik intellegentning basavlat genaral-amakidan qizg‘anayotganida emas. Hammasi aslida ancha yomonroq.
Sir emas, Zelenskiyni mahalliy millatchilar xush ko‘rmaydi. Ammo so‘nggi bir necha oylarda hatto ukrain armiyasi ichida ham uning xeyterlari ko‘paydi. Zalujniy Zelenskiy uning buyrug‘ini bekor qilganda boz ustiga omma oldida hayfsan berganida nimalarni his qilganini tasavvur qilish qiyin emas.
Darvoqe, Cherchillga qaytsak. Oltmish yil avval Janubiy Vyetnam mustamlaka ma’muriyatini amerikaliklar tayinlangan - yaxshi oilaning farzandi Ngo Din Zyem boshqargan. Juda ziyoli inson bo‘lgan. U amerikaliklar uchinchi dunyo mamlakatidan “yangi Cherchill” deb e’tirof etgan birinchi siyosatchi edi. Buni demokrat vitse-prezident Lindon Jonson aytgan. O‘xshatish hammaga yoqib tushgan, uni barcha gazetalarda bosib chiqarishgan.
AQSh Janubiy Vyetnamni qurol bilan ta’minlab turgan va Shimoliy Vyetnam bilan jang qilishga majburlagan. Biroq, janubiy vyetnamlik harbiylar Ngo Din Zyemni yoqtirishmagan. Uni hammadan ko‘proq Ziong Van Min (Katta Min)- katta va basavlat general yoqtirmagan. U prezidentni poraxo‘r va harbiy harakatlarni atayin ma’lum qilishda shubhalangan.
1963 yilda Yangi Cherchill amerikalik xojalariga yoqmay qoladi. Hozirgacha tarixchilar Markaziy razvedka boshqarmasi unga qarshi fitnada ishtirok etganmi yoki yo‘qmi deb bahslashmoqda, ammo ikkita narsa aniq: Amerika razvedka xizmati Ngo Din Zyemga qarshi harbiy fitna haqida bilishgan va undan o‘z qo‘riqchilarini olib tashlashgan. Putchga aynan general Ziong Van Min boshchilik qilgan. 1963-yilning ikkinchi noyabr kuni Yangi Cherchillni olib qochib ketishadi, yerto‘laga tashlab, peshonasidan o‘q uzib o‘ldirishadi. Hech kim qayg‘urmaydi ham. Lindon Jonson boshqa ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan: atigi yigirma kun o‘tib Dallasda Kennedini otib ketishadi va Jonson AQSh prezidentiga aylanadi.
Qizig‘i, katta Min Vyetnam urushidan o‘ziga hech qanday gard yuqtirmay o‘tib oladi. 1975-yili (navbatdagi prezidentning qochishidan so‘ng) u Janubiy Vyetnam kapitulyatsiyasini e’lon qiladi. Ishlarni shimoliy vyetnamlik o‘rtoqlariga topshiradi. So‘ngra u erkinlikka erishadi va umrining so‘nggiga qadar yong‘oq va orxideyalar yetishtirgan villasida tinch va xotirjam umrguzaronlik qiladi. O‘z ajali bilan 85 yoshida vafot etadi. 1990-yilda Vyetnam rahbariyati hatto unga “Vyetnam Qahramoni” unvonini berish yoki bermaslikni ham muhokama qiladi.
Bilmayman, nega bu tarixni esladim... Ba’zida Mordaviya kolonnasida uzoq muddatga ketish Vladimir Zelenskiy uchun eng yaxshi va xavfsiz yakun bo‘larmidi deb o‘ylayman. O‘sha yerda o‘z teatrini yaratgan, yashagan va qiynalmagan bo‘larmidi - axir, baribir iste’dodli odamda.
*Rossiyada taqiqlangan terrorichilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0