Bugundan OTM bakalavriatiga test sinovlari boshlandi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Bugun 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, test sinovlari jarayonida shaffoflik va xolislik talablari to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.
“Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada davom etadi. Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
1-smena test sinovlari 07:00 da boshlangan va u 10:00 ga qadar davom etadi. Ushbu smenada test topshiradigan abituriyentlar 06:30ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joylarini egallashgan.
2-smenadagi abituriyentlar test sinovlariga 19:00 da kirishadilar. Ularga 22:00ga qadar vaqt beriladi. Bu smenadagilar esa 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DTM tomonidan test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0