Jamiyat

Gaz hisoblagichlarini oʻrnatishni oktyabr oyida yakunlash rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Stringer Schetchik ucheta gaza
 Schetchik ucheta gaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi 5 avgust kuni “Respublika isteʼmolchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjatga koʻra, 2022 yil oktyabr oyida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi toʻliq amalga oshirilishi zarur. Hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik taʼminotiga ulanmagan koʻp qavatli uylarda billing tizimi toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulangan hamda tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlmagan 11,5 mingta koʻp qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stantsiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalarning kirish qismi - isteʼmolchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni oʻrnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.
Hujjat bilan 2022-2024 yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlarining gaz taʼminoti tizimini ikki bosqichli tizimga oʻtkazishning maqsadli koʻrsatkichlari, shu yillarda “Hududgaztaʼminot” AJning gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlarining maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0