Dunyoda

Lukashenko Belarusga nisbatan eng tajovuzkor davlatni aytdi

© AFP 2022 / SERGEI GAPONPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belarus prezidenti Polsha siyosatchilarining, Amerikaga ishonib, Belarus va Ukrainaga qarshi olib borayotgan tajovuzkorona siyosatiga eʼtibor qaratdi.
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha rasmiy Minskka nisbatan eng tajovuzkor davlat ekanini aytdi va u yerda hech qanday siyosatchi bilan gaplashib boʻlmasligini taʼkidladi.
“Polshaga qarang. Bizga nisbatan eng tajovuzkor davlat. Tushunmayman, nega? Bizda etnik polyaklar yashaydi, ular normal odamlar. Yomon ishlamaydi”, dedi Lukashenko Mior metallprokat zavodi mehnat jamoasi bilan suhbatda.
Lukashenko Polsha siyosatchilariga nima yetishmasligidan hayron boʻlgan.
“Ularning yetakchilarining reytingi allaqachon 30 foizdan past”, dedi u.
Belarus prezidenti Polsha siyosatchilarining mustaqilligi yoʻqligi haqida gapirgan.
“Ular amerikalik toyga minib, Yevropa boʻylab chopishdi. Nemislar ularni yomon koʻrib qolganiga ancha boʻlgan, lekin toqat qilishadi. Nega? Chunki amerikaliklar ularni qoʻllab-quvvatlamoqda. Ular allaqachon Ukrainaning bir qismini kesib tashlashga tayyor, Belarusni butunlay yutib yuborishga tayyor. Oʻxshamayapti. Ular oʻtkinchilar. Bugun u yerda gaplashadigan hech kim yoʻq”, deya qoʻshimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0