O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Shaxmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
2026 yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz berishdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2026 yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Hindistonda bo‘lib o‘tgan FIDE kongressida 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni aniqlandi.

"2026 yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz berishdi", - deyiladi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabarida.

O‘zbekiston, Polsha va Zambiya da’vogar sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirishgan edi. Biroq, Polsha va Zambiya hukumat kafolat xatlarini taqdim etmagani bois ular so‘nggi bosqichda ishtirok eta olishmagan. O‘zbekiston esa asosiy nomzod bo‘lib qolgan edi.
2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Toshkent shahri tanlab olingan bo‘lib, olimpiada 2026-yilning sentabr oyida tashkil etilishi nazarda tutilgan.
MDH davlatlari orasida shu paytgacha Armaniston (Yerevan shahri, 1996-yil), Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri, 1994-yil, Elista shahri, 1998-yil, Xanti-Mansiysk shahri, 2010-yil), Ozarbayjon (Boku shahri, 2016-yil) hamda Gruziya (Batumi shahri, 2018-yil) Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilgan.
2024 yilgi 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiada yakunlanishiga ikkita o‘yin qolgan. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi to‘qqizinchi tur yakuniga ko‘ra, 16 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid:

Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinadi
Jahon musobaqalarida g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarga pul mukofotlari beriladi
FIDE reytingida O‘zbekiston TOP-20 talikka kirdi
Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
O‘zbekiston shaxmat bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshiradi: qanday choralar belgilandi
Yangiliklar lentasi
0