Rossiya

Peskov: dollar ishonchli zaxira valyutasi boʻlmay qoldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya prezidenti matbuot kotibining taʼkidlanishicha, dollarga boʻlgan xalqaro ishonchning yoʻqolishiga Amerikaning oʻzi aybdor.
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Dollarga boʻlgan xalqaro ishonch AQSH xatti-harakatlari sabab yoʻqoldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning boshqa mamlakatlar bilan milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitob ulushini oshirishidan biror bir narsa, xususan, dollarni qulatish kabi maqsad yoʻq.
Peskov dollarga boʻlgan xalqaro ishonch AQSH xatti-harakatlari sabab susaygan deb hisoblaydi.

“Dollar ishonchli zaxira valyutasi boʻlmay qoldi. Hozir juda koʻplab mamlakatlar dollarning ishonchligidan xavfsirab qolishgan. Afsuski, dollarning emitent mamlakati oʻz xatti-harakatlari bilan bu valyutaga boʻlgan ishonchni susaytirdi va shu bois mutlaqo tabiiy ravishda koʻplab mamlakatlar oʻzining savdo aylanmasida dollar ulushini qisqartirish va milliy valyutalardagi hisob-kitob ulushini oshirish imkoniyatlarini qidirmoqda”, - dedi Kreml vakili.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Turkiya bilan yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovning bir qismini rublda amalga oshirishga kelishib olinganini eslatdi.
“Umid qilamizki, bundan keyin ham milliy valyutalardan foydalanish ulushi oʻsib boradi”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Butun dunyoda dollardan voz kechish jarayoni boshlandi, uni toʻxtatib boʻlmaydi – Volodin
Yangiliklar lentasi
0