Xitoy Boxay ko‘rfazining bir qismini harbiy mashg‘ulotlar uchun yopdi

© Foto : OGL v1.0 / LA(Phot) Chris Mumby / Royal NavyBritanskiy esmines Defender
Britanskiy esmines Defender - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
8 avgust soat 00:00 dan 8-sentabr 00:00 gacha Boxay dengizining kirish qismida harbiy topshiriqlar bajariladi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Xitoy Tayvan bo‘g‘ozidagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlardan so‘ng o‘z qirg‘oqlari bo‘ylab turli hududlarda harbiy manevrlar o‘tkazishda davom etadi, Sariq dengizning shimoli-g‘arbiy qismidagi Boxay ko‘rfazi akvatoriyasining bir qismi bir oyga yopildi. Bu haqda XXR Dengiz xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bayonotiga asoslanib xabar berilgan.
“8 avgust soat 00:00 dan 8-sentabr 00:00 gacha Boxay dengizining kirish qismida harbiy topshiriqlar bajariladi, kirish taqiqlanadi”, deyilgan xabarda.
O‘z navbatida, shanba kuni Szansu provinsiyasining Lyanyungan dengiz xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi Xitoy armiyasi 6-15 avgust kunlari Sariq dengizning janubiy qismida jangovar o‘q otish harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishini ma’lum qildi. Xitoy Xalq ozodlik armiyasi AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban raketalar, samolyotlar va harbiy kemalardan foydalangan holda keng ko‘lamli mashg‘ulotlar tashkil etdi. Mashg‘ulotlar 4-avgust kuni orol atrofidagi akvatoriyadagi oltita hududda boshlangan va 7-avgustda yakunlanishi kerak edi.
Yangiliklar lentasi
0