Dunyoda

AQSH Ukraina mojarosi “oloviga moy sepishda” davom etyapti – Antonov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka oʻtishChrezvыchaynыy i polnomochnыy posol RF v SSHA Anatoliy Antonov
Chrezvыchaynыy i polnomochnыy posol RF v SSHA Anatoliy Antonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Antonov: Ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha 1 milliard dollar ajratilishi Qoʻshma Shtatlar aqlning ovoziga quloq solish niyatida emasligini tasdiqlaydi.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Vashington Kiyevga qoʻshimcha yordam koʻrsatib, Ukraina mojarosining “oloviga moy sepishda” davom etmoqda. Bu haqda Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov diplomatik missiyaning Telegram kanalidagi izohida yozgan.

“Vashington Ukraina mojarosining “oloviga moy sepishda” davom yetmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha 1 milliard dollar ajratilishi Qoʻshma Shtatlar aqlning ovoziga quloq solish niyatida emasligini tasdiqlaydi va u inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilishga hissa qoʻshmoqchi emas”, - deyiladi izohda.

Elchining soʻzlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya bilan “qarama-qarshilikda xavfli chiziqqa yaqinlashib, mojaroga tobora koʻproq jalb qilinmoqda”.
“Bunday chiziq tinchlik va xavfsizlik uchun hech qanday yaxshi narsa bermaydi, faqat Ukraina rejimining azobini uzaytiradi”, deya xulosa qildi Antonov.
Joriy yil 24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zoʻravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning soʻzlariga koʻra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0