Belarus va O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirmoqda

© unsplash.com/Paul TeysenKonteyneri import
Konteyneri import - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Belarus va O‘zbekiston xalqaro avtomobil transportida yuk tashishni litsenziyalash tizimini o‘zaro bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston xalqaro avtomobil transportida yuk tashishni litsenziyalash tizimini o‘zaro bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Belta” Belarus transport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, Minsk shahrida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha Belarus-O‘zbekiston aralash komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda tomonlar xalqaro avtomobil transportida yuklarni tashish uchun ruxsat berish tizimini bekor qilish bo‘yicha ishlarni olib borishga kelishib olgan.
Shuningdek, 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan ruxsatnomalar sonini aniqlab, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilgan.
“Belarus tashuvchilari uchun 6000 ta “ikki tomonlama va tranzit” hamda 4000 ta “uchinchi davlatlarga/dan” miqdorida qo‘shimcha O‘zbekiston ruxsatnomalarini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.
Minsk G‘arb sanksiyalari tufayli savdoda logistikani qayta qurish ustida ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng keskin yomonlashdi. Belarus hukumati norozilik namoyishlari xorijdan muvofiqlashtirilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbni respublikadagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishda ayblab, tartibsizliklarni AQSh boshqarayotganini, yevropaliklar esa u bilan “birgalikda o‘ynashayotganini” ta’kidladi.
G‘arb davlatlari Belarus rasmiylari va korxonalariga nisbatan bosqichma-bosqich sanksiyalar joriy etib, Minskni saylovlarni va inson huquqlarini buzishda aybladi. Belarusga qarshi sanksiyalar oxirgi marta rasmiy Minsk Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun kengaytirildi.
Yangiliklar lentasi
0