Oz qoldi: Ukraina iqtisodiyotiga nimalar bo‘lyapti

© Sputnik / StringerUkrainsi
Ukrainsi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina hukumati qattiq xavotirda: budjet yetishmovchiligi beshdan to‘qqiz milliard dollargacha o‘sishi mumkin. G‘arb kredit bermoqchi emas. Budjetchilar oyligiga ham, harbiy harajatlarga ham pullar yetmayapti.
Nega Kiyev ittifoqchilari sust harakat qilishapti? Xorijiy mamlakatlarning qo‘llovisiz Ukrainaning holi ne kechadi? - savollarga javob batafsil RIA Novosti materialida.
Qishgacha yetib borish
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, “Yevroittifoqning ayrim yetakchilari” sakkiz millard dollar yetkazilishiga to‘sqinlik qilishmoqda. Bu pullarsiz o‘qituvchilar, nafaqaxo‘rlar, qochqinlar va fuqarolarning boshqa toifalari budjet maoshlarini ololmaydi. Va Ukraina rahbarining aytishicha, yevropaliklar yo xato, yo jinoyat sodir etishmoqda. O‘z navbatida, prezident devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva to‘sqinlik qilishda Germaniyani ayblagan.
Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, budjetni barqarorlashtirish uchun Ukraina har oy G‘arbdan besh milliard dollar olishi kerak. Prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleg Ustenkoning fikriga ko‘ra esa, 2022-yilning so‘nggiga kelib, kerakli summa to‘qqiz milliard dollarga oshishi mumkin.
Fevral oyidan boshlab xorijdan respublikaga 12, 7 millard dollar yordam jo‘natilgan. Yil so‘nggiga qadar Kiyev yana qariyb 15 millard dollar atrofida yordam olishga umid qilyapti. Ukraina zahirasida 12,9 milliard bor. Ammo, G‘arbning qo‘llovisiz bu atigi ikki oyga yetishi mumkin. Keyin esa iqtisod butunlay qulaydi.
Ukraina Milliy banki qo‘shimcha tarzda 240 millard griven (6,5 millard dollar) bosib chiqarib vaziyatni yaxshilashga urinib ko‘rdi. Ukraina moliyachilarining bir qismi stanokni o‘chirmaslikni aytishmoqda, moliyachilarning qolgan qismi esa hukumat bu bilan inflyatsiyani quvayotganini aytishmoqda. Muqobil sifatida QQSni oshirish, yoqilg‘iga aksiz solig‘i va import uchun harbiy bojni qaytarishni hukumatda muhokama qilishmoqda. So‘nggi taklifni Oliy Rada qonun loyihasi sifatida ko‘rib chiqishi kerak. Uning mohiyati import qilinadigan tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun valyuta ayirboshlash uchun o‘n foizlik soliqni joriy etishdan iborat.
Biroq, Marchenkoning aytishicha, yil boshidan buyon bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar yiliga qariyb 50% ga kamaygan. Ammo qo‘shimcha soliq, albatta do‘konlardagi narxlarga ta’sir qiladi. 2022-yil oxiriga kelib ular allaqachon 30 foizga, 2023-yilga kelib esa yana 20% ga o‘sishi kerak, deb yozadi Forbes. Shunga qaramay yoqilg‘i narxi 40-50 foizga oshib ketgan, qishga kelib esa yuz foizlik narxlar oshishini bashorat qilishmoqda.

O‘n yillikning qulashi

Kiyev iqtisodiyot maktabi hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning harbiy harakatlardan bilvosita yo‘qotishlari 128,8 milliard dollarga yetgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar esa - 108,3 milliard. Xususan, 388 tadan kam bo‘lmagan korxona, 43 ming qishloq xo‘jaligi texnikasi, deyarli 2 mingta do‘kon, 18 ta aeroport va 28 ta neftbazalariga shikast yetgan yoki vayron qilingan.
Bundan tashqari, Ukraina mudofaa uchun xarajatlarni 250 milliondan 3,5 milliard dollarga ko‘paytirgan. Shunga qaramay, G‘arb ajratayotgan pullarni harbiy ehtiyojlarga sarflash mumkin emas. Marchenkoning aytishicha, yevropaliklar buni diqqat bilan nazorat qilishadi. Kiyev Ukraina Qurolli Kuchlarini faqat soliq to‘lovlari orqali ta’minlab turibdi. Qo‘shinga har oyda qariyb 130 millard griven (3,5 milliard dollar) kerak bo‘ladi. Ammo eng yaxshi vaziyatda Ukraina 90 millardgacha (2,4 millard dollar) soliq yig‘a olishi mumkin. Boz ustiga harbiy operatsiyaning dastlabki oylarida summa sezilarli darajada kam edi.
Ukraina hukumatida esa yil natijasiga ko‘ra, budjet defitsiti rekord darajada 50 milliard dollar- o‘tgan yilgi YaIMning 35 % bo‘lishini kutishmoqda. G‘arblik ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, 2022-yilda YaIMning qulashi 45% dan oshishi mumkin. Mamlakatdagi yirik korxonalar - “Naftogaz”, “Ukrenergo” va “Ukravtodor” - inqirozga yuz tutish yoqasida.
Tahlilchilar hisob -qitoblariga ko‘ra, bundan keyin tiklab olish uchun Ukrainaga o‘n yillar kerak bo‘ladi. Qolaversa, Qora dengizga chiqish yo‘li yo‘qligi sharti bilan.

Lapsha va pamperslar

Iqtisodchi Aleksandr Dudchakning fikricha, resurs qoldiqlari respublikadan olib chiqib ketilmaguncha, Kiyevni mana shunday holatda qo‘llab-quvvatlashadi. “Ular tugaganda esa, G‘arb moliyaviy yordamini bekor qiladi va davlat qulaydi. Bunga oz qoldi,- deydi ekspert. - Shu bilan birga (o‘n millionlik qochqinlarni hisobga olganda) Ukraina aholisi yarim yilda taxminan 20 million odamga qisqargan”.
Aytish lozimki, Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasiga qadar Ukrainaning iqtisodiyoti juda kuchsiz bo‘lgan. So‘nggi bir necha yillarda Respublika hukumati defoltga tushmaslik uchun ko‘p harakat qildi, deydi iqtisodchi Mixail Belyayev. O‘shanda barqarorlikka DXR, LXR bilan jang putur yetkazgan, Rossiya bilan harbiy harakatlar xarajatlariga esa Kiyevning tishi o‘tmadi.
“Boshida G‘arb Ukrainaga juda ko‘p yordam qildi. Chunki uning tezroq g‘alaba qilishiga umid bog‘ladi. Yarim yildan so‘ng, Kiyev deyarli butun Donbass, Xerson viloyati va boshqa viloyatlar qismini boy berdi, talablar esa ko‘paydi”, - deydi Belyayev.
Nazariy jihatdan Yevroittifoq Ukrainaga bundan ham ko‘proq mablag‘ ajratishi mumkin edi. Agarda u yerda investitsiyaning istiqbollarini bilishganda. Biroq hech kim mamlakatga hatto bir yildan keyin nima bo‘lishini ayta olmaydi. Qarzlarni uzish uchun kerak bo‘ladigan o‘n yillar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Qolaversa, hozir Yevropa mamlakatlari o‘z iqtisodiyotini yangidan qurish bilan ovora. Hozir ularga o‘z-o‘ziga sarmoya kiritish foydaliroq.
“Yevropaliklar Zelenskiyga Ukraina defolt bo‘lganini e’lon qilmasligi uchun qancha pul kerak bo‘lsa shuncha beradi. Yana shunga qo‘shib ular insonparvarlik yordami: lapsha, konserva, pamperslar yetkazib beradi”, - deydi Belyayev.
AQSh Kiyevni yanada uzoqroq qo‘llab-quvvatlashi mumkin, chunki, Rossiyaning zaiflashiga umid qilgan Vashington mojaroning uzoq cho‘zilishidan umidvor. Biroq, uning yordami vaziyatni o‘zgartirishi dargumon.
Shunga qaramay, Belyayevning ta’kidlashicha, agar G‘arb to‘satdan Ukrainani moliyalashtirishni to‘xtatsa, 2023-yilga kelib uning iqtisodiyotidan hech narsa qolmasligi mumkin.
“Budjetchilar oyliksiz qolishadi, davlat korxonalari yopiladi. Agar Ukraina Milliy banki bosma stanokni qo‘shsa, misli ko‘rilmagan inflyatsiyaga sabab bo‘ladi”, - deydi ekspert.
Ukraina xuddi ikkita jahon urushidan keyingi Germaniyaga yoki fuqarolik urushidan keyingi SSSRga o‘xshab qoladi. Farqi shundaki, Moskva va Berlin iqtisodiyotini tinchlik zamonida tiklab olgan. Kiyevda esa ushbu imtiyoz bo‘lmasligi ham mumkin.
Yangiliklar lentasi
0