Turizm

Qashqadaryoda astroturizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda

© AP Photo / Anupam NathLyudi nablyudayut za superluniyem v Guvaxati, Indiya
Lyudi nablyudayut za superluniyem v Guvaxati, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kitob tumanida MDH mamlakatlari orasida yagona boʻlgan astronomik observatoriya bor. Kelgusida u yerda astropark bunyod etish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. “Yoshlar turizmi” qurultoyiga tashrif buyurgan OAV vakillari MDH davlatlari orasidagi yagona boʻlgan Kitob shahridagi “Kitob kenglik stantsiyasi” nomli observatoriyaga tashrif buyurishdi.
Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutaxassisi Shohrux Jalolovning soʻzlariga koʻra, u hozirda asosan muzey sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Observatoriyada 1927, 1957 va 1975 yillar keltirilgan 3 ta teleskop saqlanadi. Shuningdek, astronomiyaga oid film va videoroliklarni tomosha qiladigan maxsus 3D kinoteatr ham faoliyat yuritadi.
Geografiya xaritada faqatgina Kitob tumani Oʻzbekiston hududida Xalqaro parallel 39 gradus 08 minut oʻlchamda oʻtuvchi yagona aholi yashaydigan joy hisoblanadi. Shuning uchun bu hududda observatoriya qurilgan.
“Bu yerga asosan astronomiya faniga qiziqadigan sayyohlar keladi. Teleskoplar galaktikani koʻrsatadi. Hozirda zamonaviy sunʼiy yoʻldoshlar rivojlangani uchun bu teleskoplar amaliyotda ishlatilmayapti. Biroq ular ilmiy tadqiqotlarda juda kerak boʻladi. Kelgusida hududni yanada rivojlantirib astropark bunyod etish niyatimiz bor”, - dedi Jalolov.
OAV vakillari observatoriyadagi katta teleskop orqali oy va saturn sayyorasini tomosha qilishdi.
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik Oʻzbekiston
1/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik Oʻzbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
“Teleskopning bittasi mediastantsiyada turib havoning bosimini oʻlchash, shamol tezligi va yoʻnalishini aniqlash, temperatura va iqlim oʻzgarishlarini kuzatish vazifasini bajargan. Observatoriyada mayatnik soat ham joylashgan, u yulduzlar vaqtini koʻrsatadi va shu asosda ishlaydi”, - deydi katta laborant Oʻktam Hafizov.
Teleskoplar yerdagi tektonik jarayonlar, yer sayyorasiga xavf solayotgan jismlarni aniqlash va koinotdagi chiqindilar sonini aniqlash va harakatini kuzatish kabi muhim vazifalarni ham bajargan.
Mutaxassisning aytishicha, Mirzo Ulugʻbekning shogirdi Ali Qushchi oʻz davrida mayatnik yulduzlar soatini ishlatish, astronomik observatoriyani qurish va koinot jismlari harakatlarini kuzatish uchun Qashqadaryo hududlarida yashab, faoliyat olib borgan.
© SputnikMayatnikovыe chasы
Mayatnikovыe chasы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2022
Mayatnikovыe chasы
“Kitob kenglik stantsiyasi” observatoriyasida 500 mingdan ortiq yulduzlar katalogi tuzilgan. Hozirda bu astronomik katalog Toshkentda Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutida saqlanadi.
Teleskoplar yordamida “Galiley xaritasi” tushirilgan. Hozirda jahon olimlari ushbu xaritadan ilmiy tadqiqotlar ishida foydalanishadi.
“Bunday observatoriya MDH mamlakatlarida yoʻq, faqat Oʻzbekistonda bor. Biroq hozirda astronomiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, ayniqsa yoshlar juda kam. Ularni koʻpaytirish kerak. Astropark bunyod etilsa, astroturizm rivojlanadi, yaʼni xorijiy sayyohlar koʻpayadi, bu moddiy mablagʻ tushishiga va ilm rivojlanishiga ham turtki beradi”, - deydi Hafizov.
Kitob shahrida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 2 ta turistik hudud tashkil etilmoqda. Bular astropark va geopark. Kelgusida sayyohlar ushbu parklarga tashrifi davomida yer ustiga (koinotga) va yer ostiga sayohat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0