Dunyoda

Sanktsiyalarni yengib oʻtish: Bangladesh Rossiya neftini sotib olish boʻyicha ish olib bormoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishRabota neftyanыx stankov - kachalok
Rabota neftyanыx stankov - kachalok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kamrul Ahsan: Rossiya neftini import qilish boʻyicha muzokaralar olib borishga harakat qilyapmiz.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Bangladesh sanktsiyalarga qaramay, Rossiya neftini yetkazib berish boʻyicha Moskva bilan muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Bangladeshning Rossiyadagi elchisi Kamrul Ahsan maʼlum qildi.
“Hozir biz Rossiya eʼtiborini oʻzimizga qaratmoqchimiz. Mana, Rossiya bizga atom elektr stantsiyasini qurishda yordam bermoqda, bu 14 milliard dollarlik loyiha. “Gazprom” Bangladeshdagi gaz konlarini oʻrganish boʻyicha shartnomaga ega. Biz Rossiya neftini import qilish boʻyicha muzokaralar olib borishga harakat qilyapmiz. Garchi bu AQSH sanktsiyalari ostida ekanini bilsam ham. Lekin biz Rossiya bilan muzokaralarga ochiqmiz”, dedi u.
Maʼlumot oʻrnida, avvalroq Bangladesh poytaxti Dakkada talabalar yonilgʻi narxini pasaytirish va transportda yoʻl haqini oshirish qarorini bekor qilishni talab qilib norozilik namoyishi oʻtkazgandi.
Yangiliklar lentasi
0