Jamiyat

Sergelida vaqtincha ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi

© pexels.com/Nithin PAKrupnыm planom foto kapli vodы
Krupnыm planom foto kapli vodы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
10-11 avgust kunlari Sergelidagi ichimlik suvi toʻxtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar maʼlum qilindi.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanining koʻplab hududlarida 10 avgust kunidan 11 avgustga qadar ichimlik suvi vaqtinchalik toʻxtatiladi. Yangihayot tumanida esa ichimlik suvi bosimi pasayadi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Qipchoq (Xonobod) koʻchasi boʻylab TXAYdan Fayzli koʻchasigacha boʻlgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-1000 mm tarmoqlarni koʻchirish uchun 10 avgust kuni soat 10:00 dan 11 avgust kuni soat 22:00 gacha suvni oʻchirish jarayonida ichimlik suvi vaqtinchalik toʻxtatiladi va suv bosimi pasayadi.
Ichimlik suvi vaqtinchalik toʻxtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar roʻyxati:
“Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Qushbegi", "Xonobodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo boʻyi”, “Fayzli”, “Jaloir” va “Qipchoq” mahallalarida ichimlik suvi toʻxtatiladi.
Ichimlik suv bosimi pasayadigan joylar:
“Sugʻdiyona”, “Sofdil”
Yangihayot tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:
“Qipchoq”, “Yoʻldosh”, “Al-Fargʻoniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Doʻstlik”, “Chortoq”, “Charagʻon” mahallalari va tumandagi Tugʻruqxona, Poliklinika №37, KVD, Oʻlikxona, Yangihayot tuman hokimiyati, Doka xleb, "Toshkent" mahallasi, Metal zavod, 12-avtopark, KNS, “Greyen park” va xususiy bogʻcha “Evrika” hududida ichimlik suvi bosimi pasayadi.
Xabarga koʻra, ichimlik suvi toʻxtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0