Sirtqi va kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
OTMlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat asosida qabul qilishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 2022-2023 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalarning sirtqi va kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Bu haqida Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasiga asoslanib O‘rta va maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Bunda, ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning to‘liq ro‘yixati bilan quyida tanishishingiz mumkin. Ushbu tashkilotlar tarkibi asosan davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, davlat korxona va agentliklari va boshqalar bor.
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0