Trampning Floridadagi mulkida tintuv o‘tkazildi

© AFP 2023 / Saul LoebDonald Tramp vo vremya vistupleniya v Xantingtone, SShA
Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Xantingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Trampning Mar-a-Lago mulki Federal qidiruv burosi xodimlari tomonidan tintuv qilindi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp uning Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulki Federal qidiruv burosi xodimlari tomonidan tintuv qilinganini ma’lum qildi.
“Mamlakatimiz qorong‘u kunlarni boshidan kechirmoqda, mening ajoyib uyim Mar-a-Lago hozirda FQB agentlarining katta guruhi tomonidan qamal, talon-taroj va ishg‘ol qilingan”, degan Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u qidiruv haqida oldindan xabardor qilinmagan. U buni 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishini istamaydigan va 2022-yilgi saylovda respublikachilarni to‘xtatish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan “radikal so‘l demokratlar”ning hujumi deb atagan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat AQShning hech qaysi prezidenti bilan sodir bo‘lmagan. Uning fikricha, gap noqonuniy harakatlar haqida ketmoqda.
“Ular hatto seyfimni ham buzib tashlashdi”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq prezident.
NYT gazetasining manbalarga tayanibxabar berishicha, FQBni katta ehtimol bilan Trampning Oq uydan o‘zi bilan olib ketgan hujjatlari qiziqtirgan. Avvalroq “Washington Post” gazetasi Trampning Oq uydan Mar-a-Lagoga ko‘chib o‘tgan mulkidan bir necha quti hujjatlar tortib olingani haqida xabar bergan edi. Hujjatlar orasida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yozishmalar va Barak Obamaning 2016-yilda Trampga qoldirgan xabari ham bor edi.
Tintuvdan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, tadbir qisman bo‘lsa ham Trampning uyida biron bir hujjat qolgan-qolmaganini aniqlashga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, Trampning mulkini tintuv qilishda kamida 100nafar FQB agenti ishtirok etgan.
“Politico”ning yozishicha, Trampning uyida hujjatlarni olib qo‘yish bilan yakunlangan tintuv “bir necha soat” davom etgan. Aytilishicha, tintuv vaqtida Tramp Nyu-Yorkda bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0