Davlat xizmatida ishlovchi yoshlar soni 61 %ga oshdi

Rabochee mesto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 5-yil ichida yoshlarning davlat xizmatida ishlashi 37 foizdan 61 foizgacha oshdi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatda davlat tashkilotlarida ishlash uchun talabgorlar 50 barobarga ortdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin davlat xizmatiga ochiq va oshkora tanlov asosida kreativ, zamonaviy fikrlaydigan, professional kadrlar ishga olinadi.

“Avvallari bitta vakant joy bir kishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda vakatnt lavozimlarga institutni bitirgan 50 nafar yoshlar hujjat topishirmoqda. Davlat xizmatiga professional kadrlar kerak. Biz ham endi kadrlarni saralab olamiz”, deydi Otabek Hasanov.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligida ishlayotgan xodimlarning eng ko‘pini yoshlar tashkil qilmoqda. U yerda 9 ming 348 nafar davlat xizmatchisi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri keladi. Hokim yordamchilari ichida ham yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0