DTM test sinovi natijalarini qanday bilib olish muminligini e’lon qildi

© Sputnik / Zafar XalilovEkzamen
Ekzamen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilib olishlari mumkin – tafsilotlar.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Davlat test markazi 8-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda natijalarni ko‘rishlari mumkin.
Shuningdek, mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda ham amalga oshirish mumkin.
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Eslatib o‘tamiz, Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada davom etadi. Test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan abituriyentlar test sinovidan chetlatiladi.
Yangiliklar lentasi
0