Markaziy Osiyo yoshlari Shahrisabzda birlashishdi

© SputnikSlot "Molodejniy turizm"
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Turizm va madaniy meros vaziri “Yoshlar turizmi” qurultoyi iqtidorlilarni saralash, ularni kreativ loyihalari bilan tanishish, moddiy qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganini alohida ta’kidladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros hamda Qashqadaryo hokimiyati tashabbusi bilan Shahrisabzda “Youth tourism in Kashkadarya-2022” qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan ham iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda viloyat hokimi Murodjon Azimov ochib berishdi.
© SputnikSlot "Molodejniy turizm"
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Slot "Molodejniy turizm"
“Bugungi qurultoy iqtidorlilarni saralash, ularni kreativ loyihalari bilan tanishish, moddiy qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Iyul oyidagi yoshlar oyligi doirasida 200 mingga yaqin yoshlar respublika bo‘ylab sayohat qilishdi va mamlakatning turistik salohiyati hamda madaniyati haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Kelgusida ular yetuk mutaxassis bo‘ladi”, - dedi vazir.
Ta’kidlanishicha Yoshlar turizmi kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Eng yaxshi turizm loyihalariga 50, 30, 10 million so‘mlik grantlar ajratiladi.
“O‘zbekiston yoshlar mamlakati. Mazkur tadbir ilk bor Shahrisabzda o‘tkazilayotgani bizni juda quvontirdi. Markaziy Osiyo yoshlarini bir nuqtada birlashayotgani bu katta kuch va shijoat tug‘ilayotganidan dalolat”, - dedi hokim.
Tadbir davomida saylov asosida saylangan turizm kengashi elchilariga maxsus yorliqlar topshirildi. Jarayonlar My5 telekanali tomonidan jonli efirga uzatildi.
“Men jamoam bilan turizm obyektlarida 3D ko‘rinishli kreativ platforma yaratish loyihasi bilan keldim. Endilikda turistlar faqat maketlarni emas, balki 3D ko‘rinishli yorqin tasvirlarni ko‘rishadi. Loyihaning bitta hududga qo‘yilishi 5 million so‘m mablag‘ ketadi”, - dedi samarqandlik yosh ishtirokchi Mehroj Isayev.
Mazkur platforma sutkasiga 24 soat ishlaydi. Maxsus QR kodi va # asosida elektron bazaga joylanadi.
Rasmiy ochilishda taniqli estrada yulduzlari ishtirokida konsert taqdim etildi. Qashqadaryo osmoni uzra salyutlar otildi.
Qurultoy dasturidan ziyorat obyektlariga tashriflar, grant loyihalar taqdimotlari, tanlov va yorqin uchrashuvlar o‘rin olgan.
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Sputnik
Slot Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Yangiliklar lentasi
0