Nukusda Orol dengiziga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada 1937-yildan 1970-yilgacha yaratilgan turli rasmlar namoyish etiladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. “Suv xotirasi”. Shu nom ostida Nukus shahridagi I. V. Saviskiy nomidagi Davlat muzeyida ko‘rgazma o‘tkazilmoqda. Bu nom tasodifan tanlanmagan – ekspozitsiya Orolbo‘yi tarixidan hikoya qiladi.
Muzey direktori Tigran Mkrtichevning Sputnik muxbiriga aytishicha, ko‘rgazma yosh avlodga Orol dengizi va Amudaryoning yarim asrdan ko‘proq avval ularning qirg‘oqlarida yashagan xalqlar uchun ahamiyati haqida eslatma bo‘lib xizmat qiladi.
Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi Davlat muzeyidagi “Suv xotirasi” ko‘rgazmasidan surat.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi Davlat muzeyidagi “Suv xotirasi” ko‘rgazmasidan surat. - Sputnik O‘zbekiston
1/4

2/4

3/4

4/4

“Bunday eslatmalar juda zarur, deb hisoblaymiz. Orol dengizini, uning flotiliyasini ko‘rmagan, hozirda Mo‘ynoqdagi kema qabristoni bo‘lib qolgan Qoraqalpog‘istonning yosh avlodi allaqachon voyaga yetgan. Bu ko‘rgazma inson xotirasi, suv haqida”, dedi Tigran Mkrtichev.
Ko‘rgazmada 1937-yildan 1970-yilgacha yaratilgan turli rasmlar namoyish etiladi. Bular o‘zbek klassiklari Viktor Ufimsev, O‘ral Tansiqboyev, Qodirbay Soipov, Rafael Matevosan va moskvalik rassom Aleksandr Volkovning ham ijodlari.
“Turli avlodga mansub sakkiz rassom bizga katta moviy Orol dengizini, keng va to‘lqinli Amudaryoni, yaqin-yaqingacha suv bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va bu katta suv olamining bir qismi bo‘lgan odamlarni eslatadi”, deb tushuntiradi Mkrtichev.
“Suv xotirasi” ko‘rgazmasi oktabr oyining boshigacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 1960-yillardan boshlab Amudaryo va Sirdaryoning asosiy ta’minlovchi darolaridan suv tortib olinishi tufayli Orol dengizi sathi tez pasayib keta boshladi. Sayozlashish boshlanishidan oldin Orol dengizi dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l edi.
Butunjahon meteorologiya assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Orol dengizining qurishi XX asrning eng yirik antropogen ekologik inqirozlaridan biridir.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolbo‘yi va sobiq Mo‘ynoq port shahri aholisining turmush sharoiti va turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Yangiliklar lentasi
0