Oliy sud raisi va Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga yangi nomzodlar ma’lum bo‘ldi

© Pexels / EKATERINA BOLOVTSOVASudeyskiy molotok
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Konstitutsiyaviy sud sudyalarining yangi nomzodlari bo‘yicha Senatga taqdimnoma kiritdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Prezident Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.
Nomzodlar:
Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
Gafurov Askarjon Boyisovich;
Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
Ismaylov Raxat Aminbayevich;
Raximov Abdumannob Kuziyevich;
Raxmanov Akmal Ergashevich.
Qayd etilishicha, ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadilar.
Shuningdek, prezident o‘z taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Oliy sud raisi lavozimini egallab kelgan Kamilov Kozimdjan Fazilovichning nomzodini taklif etdi.
Qolaversa, prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovichning nomzodi Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari muddati birinchi marta saylanganida besh yilni, navbatdagi saylanganida o‘n yilni tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi, qoida tariqasida, yetmish yoshni tashkil etadi.

Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida sudalarni saylash kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0