“Oqila ayollar” harakati tashkil etildi

© Ramiz BaxtiyarovGranichashiy s Afganistanom kishlak Axunbabayev
Granichashiy s Afganistanom kishlak Axunbabayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Harakatning asosiy vazifasi “Oila – muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilish hisoblanadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy tuzilmalarida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi – “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi. Bu haqda hukumatning 8-avgust kuni qabul qilgan qarorida belgilangan.
Yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti hamda “Oila – muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilish harakatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Harakat va uning boshlang‘ich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar amalga oshirgan ishlarining natijadorligiga ko‘ra homiylik xayriyalari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.
Bunda faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari bo‘yicha davlat mukofotlari, “Mo‘’tabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0