Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalarini tashkil etish kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalarini tashkil etish kutilmoqda
Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalarini tashkil etish kutilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, bu yil mamlakat mahsulotlari 32 ta yangi bozorlarga kirib bordi. Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha ishlar ham jadallashmoqda.
Mahsulotlar xorijga, asosan, 9 ta transport yo‘lagi orqali tashiladi. Taqdimotda har bir transport yo‘lagi bo‘yicha dolzarb masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
“Transport sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past bo‘lsa, ham eksport, ham investitsiya ko‘payadi”, deydi prezident.
Prezident mutassadilarga quyidagi vazifalarni berdi:
Transport vazirligiga tadbirkorlar uchun eng maqbul yo‘llarni taklif etish va ularning transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qo‘yildi.
Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalari tashkil etish taklifi bildirildi.
“Qo‘ng‘irot-Beynov” xalqaro avtomobil yo‘li rekonstruksiyasini jadallashtirish, yuk vagoni ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 50 mingta yangi korxona tashkil topdi. Eksportorlar soni 7 ming 500 dan oshdi. Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravarga ko‘payib, 8 mlrd 200 mln dollarga yetgan.
Dunyoda yuk tashish xarajatlari oshganini inobatga olib, eksportorlarga bu xarajatlarni qisman qoplash uchun davlat tomonidan 170 mlrd so‘m kompensatsiya berildi. Shuningdek, Yevropaga tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga transport xarajatlari uchun subsidiya miqdori 50 foizdan 70 foizga oshirildi.
Yangiliklar lentasi
0