Saudiyalik diplomat nutq so‘zlayotgan paytida vafot etdi - video

© Sputnik / Mikhail Voskresenskyi / Mediabankka o‘tishFlag Saudovskoy Aravii
Flag Saudovskoy Aravii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Muhammad al-Qahtaniyga birinchi yordam ko‘rsatishga urinilgan, biroq u vafot etgan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Saudiya Arabistoni diplomati Muhammad al-Qahtaniy Qohiradagi Arab-Afrika konferensiyasida nutq so‘zlayotgan paytida vafot etdi. Voqea aks etgan videoni RT nashri e’lon qildi.
Kadrlarda diplomatning nutq so‘zlayotgani, tomoshabinlar uni olqishlayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng, u yana bir necha so‘z aytgan, keyin esa birdan yiqilib tushgan.
Mahalliy “Tahiamasr” gazetasining yozishicha, diplomatga birinchi yordam ko‘rsatishga urinilgan, biroq u vafot etgan.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, al-Qahtaniyning so‘nggi so‘zlari Xudo haqida bo‘lgan. Jumladan, “Qayerda bo‘lsangiz ham, o‘lim sizni quvlab yetadi”, degan jumla aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0