Iqtisod

Toshkentda soʻnggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta
Novostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uylarning yuqori narxi Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulugʻbek, Chilonzor va Yunusobod tumanalarida boʻlsa, past narxlar Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda may oyidan beri birlamchi va ikkilamchi bozorda uylar narxi tushib kelmoqda. Bu haqida Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil avgustdan 2022 yil iyulgacha boʻlgan davr uchun Toshkent shahrida uy-joy narxlari oʻzgarishi tahlil qilindi.
Unga koʻra, Toshkentda koʻchmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil etdi.
Iyul oyida poytaxtda eski uylar narxlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻrtacha 12%ga, yangi uylar esa 8.3%ga oshdi.
May oyidan beri birlamchi bozorda ham (1 m.kv. uchun maydagi $943.6 dan iyulda $919.9 ga), ikkilamchi bozorda ham ($891.1 dan $882.6 ga) narxlar tushib kelmoqda.
Uylar narxi yuqori tumanlar:
Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulugʻbek, Chilonzor va Yunusobod tumanalari. (yangi uylar - 1 m.kv. $957.2, eski uylar - $888.3).
Uylar narxi past tumanlar:
Bektemir va Sergeli tumanlari.
Aytilishicha, Toshkent shahri koʻchmas mulk bozorida uy-joyga boʻlgan talab deyarli oʻzgarishsiz qolgan bir paytda narxlarning oshishi qurilish kompaniyalari va mulk egalarining inflyatsiya va soʻm almashuv kursi boʻyicha kutilmalari bilan izohlanishi mumkin.
Maʼlumot uchun, mamlakatda yanvar-iyul oylarida 41,44 ming kishiga 7.6 trln soʻm miqdorida ipoteka kreditlari berildi. Mazkur davrda jami ipoteka kreditlarining 30.5% (2.32 trln. soʻm) Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi.
Yangiliklar lentasi
0