Dunyoda

Yaponiya hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi

© AFP 2022 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi vazirlar mahkamasi aʼzolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan oʻtkaziladigan tasdiqlash marosimidan soʻng oʻz lavozimlariga kirishadi.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokadzu Matsuno bugun, 10 avgust kuni Tokioda mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini eʼlon qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Shunday qilib, 2008 yildan 2009 yilgacha ushbu lavozimni egallagan Yasukadzu Hamada Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Sobiq Mudofaa vaziri Nobuo Kisi bosh vazirning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Hozirgacha koronavirusga qarshi kurash boʻyicha masʼul boʻlib kelgan va oʻtmishda Iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimida ishlagan Yasutosi Nisimura Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik uchun masʼul vazir boʻldi.
Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi, Moliya vaziri Syunʼiti Sudzuki, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno va Iqtisodiy tiklanish vaziri Daysiro Yamagiva oʻz lavozimlarini saqlab qoladi. Davlat yerlari, transport, infratuzilma va turizm vaziri Tetsuo Sayto ham oʻz lavozimida qoladi.
Taʼkidlanishicha, bugun yangi vazirlar mahkamasi aʼzolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan oʻtkaziladigan tasdiqlash marosimidan soʻng oʻz lavozimlariga kirishadi.
Maʼlumot oʻrnida, bugun, 10 avgust kuni Yaponiya hukumati butunlay isteʼfoga chiqdi. Oʻzgartirishlar dastlab sentyabr oyining boshida kutilgan edi, biroq Kisida “yangi kapitalizm” iqtisodiy kontseptsiyasini targʻib qilishni jadallashtirish niyati, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi munosabati bilan chora koʻrish zarurati, shuningdek, parlament majlisiga oldindan tayyorgarlik koʻrish maqsadidabuni hozir amalga oshirishga qaror qildi.
Yangiliklar lentasi
0