G‘elon qishlog‘i nimasi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda

© SputnikGorniy kishlak Gilan
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Shahrisabzdagi dengiz sathidan 2200 metr balandlikdagi tog‘li G‘elon qishlog‘iga deyarli har kuni sayyoh keladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yoshlar turizmi qurultoyiga tashrif buyurgan xorijlik yoshlar va OAV vakillari Shahrisabz tumanidagi G‘elon qishlog‘iga tashrif buyurishdi.
Qishloq shahar markazidan 100 km uzoqlikda va tog‘ yon bag‘irlarida joylashgan. Aholisi asosan tojik millati vakillaridan iborat. Uylar sinch va loydan quriladi, 5200 nafardan ziyod aholi ro‘yxatdan o‘tgan. Qishloqdagilar asosan chorva mollarini boqish va dehqonchilik bilan kun ko‘rishadi. G‘elon muhiti o‘ziga xosligi va tabiiyligi bilan sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortib kelmoqda.
© Sputnik
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Sputnik
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Sputnik
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Sputnik
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Sputnik
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
“Qish faslida qalin qor yoqqanligi uchun uylar baland va mustahkam qilib quriladi. Yo‘llar tor, lekin mashinalar bemalol harakatlanadi. Qishloqqa deyarli har kuni sayyohlar kelib, muhitni tomosha qilishadi”, - deydi 90 yoshli onaxon Inobat Ro‘ziyeva.
“Bunaqa qishloq va uning arxitekturasi O‘zbekistonda yo‘q. Davriyligi 20-asr nariga boradi. Qishloqda zamonaviy uy ko‘rinmadi. Guvala, loysuvoqdan qurilgan uylar turk uslublariga o‘xshaydi”, - dedi radiojurnalist Sharofiddin To‘laganov.
G‘elon qishlog‘i atrofida 4500-4700 m balandlikdagi Ko‘l tog‘lari joylashgan.
“Tabiat manzarasi haqiqatan chiroyli, ovqatlar va barcha yeguliklar tabiiy. Men mana shunday sivilizatsiyadan uzoqda, ammo deyarli har kuni sayyohlar keladigan hududni ilk bor ko‘rishim. Ochig‘i juda hayratdaman”, - dedi qozog‘istonlik mehmon Shaxmardan Jaksilikov.
G‘elon qishlog‘iga chiqishda “Hisorak” suv ombori qurilgan, dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikda bo‘lib, atrofdagi barcha hududlarni suv bilan ta’minlaydi.
© Sputnik
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Sputnik
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Sputnik
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Sputnik
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© SputnikVodoxranilishe Xisorak
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Vodoxranilishe Xisorak
© Sputnik
Vodoxranilishe Xisorak - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
Vodoxranilishe Xisorak
6/6
Yangiliklar lentasi
0