Kim Chen Inning singlisi koronavirus sabab Janubiy Koreyaga tahdid qildi

© AFP 2023 / JORGE SILVASestra lidera KNDR Kim Chen Ina i zamestitel otdela Sentralnogo komiteta Trudovoy partii Korei (TPK) Kim Yo Chjon
Sestra lidera KNDR Kim Chen Ina i zamestitel otdela Sentralnogo komiteta Trudovoy partii Korei (TPK) Kim Yo Chjon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya hukumatiga koronavirusni mamlakatga olib kirishga harakat qilsa, ularni yo‘q qilish bilan tahdid qildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya hukumati agar koronavirusning Shimoliy Koreyaga kirib kelishiga sababchi bo‘lsa, ularini yo‘q qilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Agar dushman virusning respublikamizga kirib kelishini qo‘zg‘atuvchi xavfli harakatlarni davom ettirsa, biz bunga nafaqat virusni yo‘q qilish, balki Janubiy Koreya rasmiylarini ham yo‘q qilish bilan javob beramiz”, - dedi Kim Yo Chjon.

Ma’lumot uchun, kecha KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini “tantanali ravishda e’lon qildi”.
May oyida u KXDRda koronavirus tufayli “to‘satdan” favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytib, hukumatga kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni buyurgandi.
Yangiliklar lentasi
0