O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© unsplash.com/Sardorbek UsmonovTashkentskaya telebashnya
Tashkentskaya telebashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha havo harorati +31-36 daraja atrofida bo‘ladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +31-36 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +32-34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati +20-25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0