Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi - foto

© Sportni rivojlantirish vazirligiShaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Butun jahon shaxmat olimpiadasi chempionlari Toshkentga qaytib kelishdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Hindistonda o‘tkazilgan 44-Butun jahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylangan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Shaxmatchilar Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari, O‘zbekiston hukumati vakillari, ommaviy axborot vositalari ishtirokida kutib olindi.
Tadbir davomida butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan sportchilarning har biriga 600 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Shuningdek, ularga prezident sovg‘asi "Equinox" avtomobillari ham berildi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiShaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi
Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev xalqaro shaxmat olimpiadasi chempionlarini faxriy unvon bilan mukofotladi.
"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan
Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Vohidov Jahongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Vohidov Shamsiddin Po‘lat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan
Yegin Vladimir Nikolayevich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Sokolov Ivan - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
"Kelajak bunyodkori" medali bilan
Bobomurodova Maftuna Panjiyevna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Malikova Marjona Abdimajid qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Hamdamova Afruza Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasining hal qiluvchi turida Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi va 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Yangiliklar lentasi
0