Shohjahon Ergashev meksikalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi – video

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser iz Uzbekistana Shoxjaxon Ergashev
Bokser iz Uzbekistana Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Anxel Martines o‘zbekistonlik bokchsining ketma-ket kuchli zarbalariga dosh bera olmadi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev AQShda o‘tgan boks oqshomida Anxel Martines texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
Meksika vakili Anxel Martinesga qarshi jang Ergashevning ustunligi bilan boshlandi.
5-raundga kelib Ergashev raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Biroz o‘tib o‘zbekistonlik bokchsi chaqqonlik bilan raqibiga ketma-ket zarba berdi. Natijada hakam texnik mag‘lubiyatni qayd etdi.
Shu tariqa, Shohjahon Ergashev professional boks faoliyatidagi 23-g‘alabani qo‘lga kiritdi, ularning 20 tasi nokaut bilan yakunlangan.
Yangiliklar lentasi
0