Tojikiston orqali o‘tuvchi “Guliston - Qo‘qon” avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Sirdaryo viloyati markazidan Tojikiston orqali Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, tez kunda “Guliston - Qo‘qon” (Tojikiston Respublikasi orqali) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus “Xovosobod” hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi “Andarxon” chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi.
Avtobuslar Tojikiston hududida yo‘lovchilarni tushirishi va olishi mumkin emas. Yo‘lovchilarda esa xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi.
Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 (ellik) ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0