Toshkent ipoteka markazi ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazi borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazi borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahri Yashnabod tumanida aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazi ochildi. Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazi borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazi borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazi borib ko‘rdi
Qayd etilishicha, yangi tashkil etilgan markazda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilgan.
Tashrif buyuruvchilarga poytaxtda qurilayotgan uylar, ularga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.
“Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat ko‘rsatib, og‘irini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezident minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga e’tibor qaratib, mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga budjetdan 13 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi. Poytaxtda ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0