“Uzbekistan Airways” mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airways” 1-sentabrdan 4-sentabrgacha mahalliy aviaqatnovlar uchun 50 % chegirma e’lon qildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-4 sentabr kunlaridagi mahalliy aviaqatnovlarga 50 % chegirma e’lon qildi.

“Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” respublikamizning barcha aholisi uchun 1-sentabrdan 4-sentabrgacha bo‘lgan bayram kunlarida mahalliy aviaqatnovlarda barcha turdagi tariflarga 50 % chegirma e’lon qiladi”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mustaqillikning 31-yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shior ostida o‘tkaziladi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.
1 sentabr – payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentabr – juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);
3 sentabr – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
4 sentabr – yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Yangiliklar lentasi
0