Dunyoda

Germaniya sobiq kantsleri Bundestagni sudga berdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishTseremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda "Severnыy potok"
Tseremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda Severnыy potok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Siyosatchi hukumatning sobiq rahbari sifatida unga berilgan imtiyozlarni tiklash niyatida.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Germaniya sobiq kantsleri Gerxard Shryoder shu yilning may oyida olib qoʻyilgan maxsus imtiyozlarni qaytarib olish uchun mamlakat parlamentini sudga berdi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Bundestag byudjet qoʻmitasi siyosatchini sobiq hukumat rahbari sifatida egalik qilish huquqiga ega boʻlgan ofis maydonidan mahrum etishga qaror qilgan edi. Biroq, pensiya va himoya kabi imtiyozlar qoldirildi.
Bunday qarorga Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan soʻng Sholts byurosi xodimlarining ishdan boʻshatilishi sabab boʻldi. Shu bilan birga, bu qaror Shryoderning Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikni davom ettirgani uchun tanqid qilinishi fonida qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan edi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Maxsus operatsiya boshlanishiga javoban Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0