Jamiyat

Mustaqillik bayrami munosabati bilan poyezd chiptalari arzonlashadi

Uzbekistan poluchil pyatыy poyezd Afrosiab
Uzbekistan poluchil pyatыy poyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Imtiyozli chiptalarni faqat temiryoʻl kassalari orqali xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarga chegirmalar tadbiq etilmaydi.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki yoʻnalishdagi poyezdlarda harakatlanuvchi yoʻlovchilar uchun chegirmalar eʼlon qildi.
Unga koʻra, chegirmalar 1-4 sentyabr kunlari joriy etiladi.
Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;
Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;
Oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa chiptaning tarif qismidan – 15%;
Bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa chiptaning tarif qismidan – 15%;
"Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.
Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilish mumkin.
Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 1-4 sentyabr kunlari “Uzbekistan Airways”ning mahalliy aviaqatnovlari uchun chiptalarni 50 % chegirma bilan xarid qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0