O‘zbekiston benzinni asosan qaysi davlatdan xarid qilgani aytildi

V Tashkente ukrali benzin iz j.d. sistern - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyadan avtomobil benzinini import qilgan.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 35,9 mln dollarga teng bo‘lgan 60,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 oyda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyadan (48,8 mln litr) va Turkmaniston (11,7 mln litr)dan avtomobil benzinini import qilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 % ga oshgan. Xususan:
yanvarda – 97,8 ming tonna;
fevralda – 98,2 ming tonna;
martda – 92,6 ming tonna;
aprelda – 93,7 ming tonna;
mayda – 92,7 ming tonna;
iyunda – 87,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0