Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT ayollar forumi Toshkentda ko‘chirildi

© Sputnik / Zafar XalilovFlagi stran ShOS
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Shanxay hamkorlik tashkiloti ayollar forumi avval rejlashtirilganidek Samarqandda emas, Toshkentda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkentda 19-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Avvalroq ushbu forumni 18-19 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish ma’lum qilingandi. Senat xabariga ko‘ra, forum Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, forum ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror rivojlanish maqsadlarining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va gender tengligini ta’minlash, tashkilot makonida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish sohasida tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida biznes-konferensiya, ayol tadbirkorlar ishtirokida B2B muhokamalar, milliy an’analarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmali dasturlar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo hisbolanadi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
O‘tgan yili sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar hamda Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan.
Bu yil Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Hozirda O‘zbekiston tashkilotga raislik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0